AsosiyJamiyat

Milliy palata jamoat salomatligining bo`lajak magistriga grant ajratadi

'Milliy palata jamoat salomatligining bo`lajak magistriga grant ajratadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash Milliy palatasi o`zining grantlar dasturi doirasida Toshkent shahrida Xalqaro Vestminister universiteti ochayotgan magistraturaning (TXVU) «Jamoat salomatligi» yangi dasturining istiqbolli talabalaridan birining o`qish uchun pulini to`lab beradi. 

Jamoat salomatligi kasalliklarning oldini olishning ilmiy va amaliy asoslarini yaratish va rivojlantirishni, maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo`li bilan umrni uzaytirish va sog`liqni mustahkamlashni maqsad qilgan. Ushbu yo`nalishning dolzarbligini bugun hayotning o`zi isbotlab turibdi.

 

Public Health Leaders grant dasturi yosh mutaxassislarni qo`llab-quvvatlashni maqsad qilgan va unga iqtisod fanlari doktori, professor Sandjar Djalalov xotirasiga bag`ishlab Milliy palata tomonidan asos solingan. U 2018 yilda o`zining THETA Collaborative (Toronto) dagi muvaffaqiyatli karerasidan foydalanib Vatanida SSTB (Sog`liqni saqlash texnologiyalarini baholash) uslubini joriy etishga ko`maklashish uchun Kanadadan O`zbekistonga qaytib keldi. Sandjar Djalalov TXVUda Jamoat salomatligi sohasida magistratura ochishning muhimligi g`oyasini ilgari surganlardan biri edi.   

Magistraturaning dastlabki talabalari 2021 yil 25 yanvardan o`qishni boshlaydi. Hozir esa nomzodlardan arizalar qabul qilish jarayoni ketyapti. Bu jarayon 8 yanvargacha davom etadi. Magistraturani tugatgan bitiruvchilar Jamoat Salomatligi fani sohasida magistr ilmiy unvoniga ega bo`ladilar. 

Mazkur magistratura kursi tibbiyot ma`lumotiga yoki Sog`liqni saqlash hamda jamiyatshunoslik tizimidagi ma`lumotiga ega bo`lganlar uchun mo`ljallangan.

MSc Public Health Science magistraturasining ushbu dasturi Londondagi Vestminister universitetida muvaffaqiyatli o`zlashtirilyapti. Uni O`zbekistonda o`taydigan magistrantlar University of Westminister (London, UK) dan ham diplom oladilar. U diplom butun dunyoda, jumladan, Evropa mamlakatlarida, AQSh va boshqa mamlakatlarida tan olinadi. 

Londondagi Vestminister universiteti tajribasidan ma`lum bo`lganidek, mazkur kurs magistrantlari amaliyotdagi shifokor, davolovchi xodim, akademiya sohasida o`qituvchi, jamoat salomatligi sektorida menejer bo`ladimi, jamoat salomatligi sohasida samarali mutaxassislar sanaladi. Bunday mutaxassislarga Sog`liqni saqlash tizimining milliy va xalqaro tashkilotlarida, mahalliy sog`liqni saqlash departamentida, davlat va xususiy tibbiyot muassasalarida talab yuqori. 

Milliy palata rahbari Rovshan Izamov «ushbu magistr kursining innovasionligini, uning bitiruvchilariga jamoat salomatligi sohasida ixtisoslashtirish beradigan keng imkoniyatlarni inobatga olgan holda Milliy palata bir qator mezonlar bo`yicha tanlab olingan istiqbolli talabalarning birini qo`llab-quvvatlashga qaror qildi. Ajratilgan grant uning magistraturada o`qish xarajatlarini qoplaydi. Ishonchim komilki, bo`lajak magistrlar mamlakatimiz rahbari tashkilotimiz oldiga qo`ygan vazifalardan biri — O`zbekiston sog`liqni saqlash sohasini boshqarishga ham o`zining hissasini qo`shadi», —deb ta`kidladi. 

Shuni qo`shimcha qilamizki, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminister universitetida yangi «Jamoat Salomatligi» magistr kursining ochilishi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 apreldagi PF-4666-sonli farmonida ko`zda tutilgan.     

Magistraturani o`tash uchun har xil toifadagi tinglovchilarga, jumladan, amaliyotdagi shifokorlarga imkoniyatlar yaratish maqsadida o`qishni kunduzgi shaklda (1 yil) hamda qisman band bo`lgan holda davom ettirish sharoiti yaratilgan. 

O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash Milliy palatasi matbuot xizmati 

    Boshqa yangiliklar