Buyuk Britaniyada shahzoda Charlzning 27 yil avvalgi xatlari oshkor etilishi kutilmoqda.
Oliy sud faqatgina xatlarda tilga olingan kishilarning shaxsiy hayotiga oid ma`lumotlarni oshkor etmaslik va jiddiy tahrirdan so`nggina ushbu maktublarni oshkor etishga ruxsat berdi. Ushbu maktublarda shahzoda Charlz turli siyosiy jarayonlarga nisbatan o`zining munosabatlarini oshkor etgan.
Ushbu maktublarni oshkor etish tashabbusini So`z erkinligi haqidagi qonun talablariga tayangan holda jurnalist Rob Evans bildirgan. Xatlar Britaniya parlamentining nashri bo`lgan nashri “Gardian”da e`lon qilinadi.





