AsosiyJamiyat

Normativ-huquqiy hujjatlarni baholash tizimi portal sifatida ishga tushdi

Portal 27 may kuni internet tarmog`ida ishga tushirildi.

Barchamizga ma`lumki, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida tadbirkorlik faoliyatiga ta`sir etuvchi ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihalarini muhokama qilish va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni baholash tizimi ushbu yilning yanvar oyidan ishga tushirilgan edi, deya xabar beradi Elektron hukumat tizimini rivojlantirish Markazining mutaxassisi Nigora Umarova.

Ushbu tizim orqali aholi va tadbirkorlik sub`ektlari ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni baholash imkoniyatiga ega bo`ldilar.
Hozir Yagona portalda muhokama uchun joylashtirilgan normativ-huquqiy hujjat loyihalari soni jami 96 tani tashkil etib, ular bo`yicha bildirilgan 247ta fikrning 86 tasiga javob berilgan (53 tasi qabul qilingan, 33 tasi rad etilgan). Shuningdek, 18 ta to`ldirilgan savolnomalardan 10 tasi ko`rib chiqilgan, 6 tasi ko`rib chiqish jarayonida, 2 tasi yangi shakllantirilgan.
Portaldan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan ro`yxatdan o`tish kerak.
Portalning internet tarmog`idagi manzili: regulation.gov.uz
Eslatma: Portal sinov tariqasida ishga tushirildi.

    Boshqa yangiliklar