AsosiyJamiyat

Ochiq ma`lumotlar portalida ish haqi va nafaqalarning o`sish dinamikasi e`lon qilindi

O`zbekiston Respublikasi Ochiq ma`lumotlar portalida “Eng kam oylik ish haqi, pensiya va nafaqalarning o`sish dinamikasi” ro`yxati e`lon qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan ushbu ma`lumotda 1992-2014 yillar davomida eng kam oylik ish haqi, pensiya va nafaqalarning o`sish miqdori ro`yxat asosida ko`rsatilgan.

Ro`yxat - joriy etilgan sana, ish haqi, yoshga doir pensiya, bolaligidan nogironlarga nafaqa, zaruriy ish stajiga ega bo`lmagan keksalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolar nafaqasi, tartibga soluvchi me`yoriy hujjat – kabi bo`limlarga ajratilgan.

1992 yil 16 mart holatiga ko`ra, eng kam ish haqi va nafaqa 500 rublni tashkil qilgan ekan. 1993 yil 1 iyunda so`m-kuponga o`tish davrida esa eng kam ish haqi 11 250 so`m-kuponnni, yoshga doir nafaqa esa 12 185 so`m-kuponni tashkil qilgan.

2014 yilning 15 dekabr holatiga ko`ra, 118 400 so`mni, yoshga doir nafaqa 231 575 so`mni, bolaligidan nogironlarga nafaqa 231 575 so`mni, zaruriy ish stajiga ega bo`lmagan keksalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolar nafaqasi 142 100 so`mni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar