AsosiyJamiyat

Tadbirkorlik sub`ektlarini ro`yxatga olish endi 24 soatda bajariladi

Tadbirkorlik sub`ektlarini davlat ro`yxatiga olish va hisobga qo`yish O`zbekiston Respublikasi interfaol davlat xizmatlari Yagona portaliga integrasiya qilingan internet tarmog`ida avtomatlashtirilgan tadbirkorlik sub`ektlarini davlat ro`yxatiga olish va hisobga qo`yish tizimi orqali 24 soat uzluksiz amalga oshiriladi, bu haqda "Elektron hukumat" tizimini rivolantirish Markazi xabar beradi.

Davlat xizmatlaridan foydalanishda byurokratik to`siqlarni bartaraf etish, ochiqlik va shaffoflikni ta`minlash, arizachilarning xizmat ko`rsatish to`g`risida qaror qabul qiluvchi mansabdor shaxslar bilan bevosita aloqasini istisno qilish maqsadida bugungi kunda turli idoralar qoshida faoliyat yuritayotgan, alohida davlat xizmatlari ko`rsatayotgan “bir darcha” xizmatlarining o`rniga tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik sub`ektlarini ro`yxatga olish inspeksiyalari negizida “bir darcha” tamoyili asosida tadbirkorlik sub`ektlariga davlat xizmatlari ko`rsatish Yagona markazlari tashkil etiladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qabul qilingan farmoni ijrosini ta`minlash kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, biznes muhitni yaxshilash, O`zbekiston iqtisodiyotiga mahalliy va xorijiy investisiyalarni yanada keng jalb qilish, yangi ish o`rinlari yaratish, pirovardida, xalqimiz farovonligini yuksaltirish imkonini beradi.

    Boshqa yangiliklar