Muxbirimiz Qamariddin Shayxovning xabar berishicha, Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi Qorasaroy va Nurafshon ko`chalarini bog`lovchi chorrahaga o`rnatilgan svetoforlar bir haftadan buyon ishlamayapti.
Ustiga-ustak ushbu chorrahaga harakatni tartibga soluvchi YPX xodimlari ham biriktirilmagan.
Svetofor ishlamayotgani sabab yo`llarda tirbandlik yuzaga kelayotganini ma`lum qilib, bugun tongda tushirilgan suratlarni taqdim etdi.
Mazkur masala tez orada o`z echimini topadi degan umiddamiz!








