AsosiyJamiyat

“O`zbektelekom” O`zbekistonning tarixiy obektlarida WiFi tarmog`ini taqdim etadi

“O`zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi O`zbekiston Respublikasi tarixiy va madaniy merosi hududlarida, shuningdek, jamoat uchun mo`ljallangan hamda faol turistik obektlarida simsiz abonent radioulanish tarmog`ini tashkil etish bo`yicha loyihasini taqdim etdi.
Mazkur loyiha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasining Qarorlariga muvofiq amalga oshirilmoqda, deya xabar beradi kompaniya matbuot xizmati rahbari Aleksandr Suchkov.

2014 yilda kompaniya Xorazm viloyatining tarixiy muzey-shahri “Ichan Qal‘a”da optik aloqa kanallarini tashkil etish va muvofiq radiouskunalarini o`rnatish yo`li bilan abonentlarni simsiz radioulanish test zonalarini foydalanishga topshirishni amalga oshirdi.

Simsiz  WiFi-tarmog`ini testdan o`tkazish uchun foydalanishga topshirish natijasi bo`yicha, respublikamiz mehmonlari va aholisi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, kompaniya tomonidan Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatining tarixiy va madaniy meros obektlari, shuningdek, turistik zonalari, mehmonxona, aeroport va vokzallari tarmoqlarida simsiz WiFi tarmog`ini tijorat qurilishi bo`yicha loyiha amalga oshirildi.
Bugungi kunda “O`zbektelekom” tomonidan  WiFi texnologiyasi bo`yicha Internet tarmog`iga ulanishni taqdim etadigan uskunalarni barcha montaj qilish va sozlash ishlari yakuniga etkazildi, shuningdek, Internet xizmatidan foydalanish uchun oldindan to`lov kartalari chiqarilgan.

“O`zbektelekom” AK  WiFi tarmog`ining qulayligi shundaki, foydalanuvchilar bir karta yordamida “O`zbektelekom” AK tarmog`ida mavjud bo`lgan barcha obektlarida Internet xizmatidan foydalana oladilar. Agar abonent, masalan, kartani Xiva shahrida sotib olgan bo`lsa, undan Termiz shahrida ham, Qarshi va Shahrisabz, shuningdek, “O`zbektelekom” AK  WiFi tarmog`i qoplash zonasining boshqa joylarida ham foydalanishi mumkin.

Hozirgi vaqtda “O`zbektelekom”  WiFi tarmog`i qoplash zonasi o`zida quyidagi 27ta obektni jamlagan:

• Xorazm viloyati: "Ichan Qal`a" muzeyi, Urganch shahri aeroporti, Urganch shahri markaziy temir yo`l vokzali;

• Qashqadaryoviloyati: Qarshi shahri aeroporti va temir yo`l vokzali, “Abdulaziz” madrasasi, “Al Jarroh” majmuasi, Qarshi shahr o`lkashunoslik muzeyi, “Shahrisabz” mehmonxonasi, “Daorus-Saodat” majmuasi, “Oqsaroy” majmuasi, “Ko`k gumbaz” majmuasi, Amir Temur muzeyi;

• Surxondaryo viloyati: Termiz aeroporti va temir yo`l vokzali, “Meridian” mehmonxonasi, “Surxon” mehmonxonasi, “At-Termiziy avliyo ota” tarixiy majmuasi;

• Toshkent viloyati: “Chinaras” restorani, “Xumson” dam olish zonasi, “Archazor” dam olish zonasi, “Xo`jakent” dam olish zonasi, “Yangiobod Chotqol Marvariti” dam olish zonasi, “Kumushkon” dam olish zonasi, "Gornyak" NTMK dam olish zonasi, "Kichik Chimyon" dam olish zonasi, Chimyon Osma (Kanat)-suyanchiqli tabiiy chegara yo`li.

Tarif rejalariga muvofiq Internet tarmog`iga ulanishning eng past tezligi 4 Mbit/s.ni tashkil etadi. Foydalanuvchilarga besh turdagi 4500dan 25000 so`mgacha nominalli, kiritilgan trafigi 150dan 2500 Mbaytgacha hajmli kartochkalar taqdim etiladi. Internet tarmog`i trafigi va “Tas-IX” kiritilgan trafik hajmiga kiradi. Kartochkaning faollashtirilganidan keyin amal qilish muddati 30 kunni tashkil etadi.

Kompaniya rejalarida  WiFi-tarmog`ini butun O`zbekiston hududi bo`ylab kengaytirish belgilangan.

    Boshqa yangiliklar