Yaqindagina Muhriddin Xoliqovning hotirasiga bag`ishlab “Kechikish” nomli taronasiga olingan klipini muhlislar etiboriga havola etgan Bahrom Nazarov yurtimiz bo`ylab gastrol safariga yo`l olmoqda.
Nazarov o`z muhlislari orasida “Ayrildim”, “Pari pari”, “Yana kun sayin” taronalari bilan mashhur.
OAV vakillarida Bahrom Nazarov o`tkaziladigan konsert safarida muxlis yig`a olarmikan, konsert berishga hali vaqtli emasmi, biroz shoshmadimikin degan savollar tug`ilmoqda.
Gastrol konserti 28 apreldan 28 iyunga qadar davom etadi. Nima bo`lganda ham gastrol konsertining a`lo darajada o`tishiga umid qilamiz va Bahrom Nazarovga omad tilab qolamiz.





