AsosiyShou-biznes

“Qalampir”ning siri nimada?

Internet sahifalarida shou biznesimizning yorqin vakillari ishtirokida “Qalampir” yozuvi aks etgan suratlar tarqalmoqda.

Ushbu loyiha muallifi “Darakchi” jurnalisti Qamariddin Shayxov Instagram’dagi @qalampir_project profili orqali bugun 100 yaqin taniqli shaxslarning suratlarini e`lon qildi.

Hozircha hech kimning bu qanday loyiha ekanligidan xabari yo`q. Hatto “Darakchi” tahririyatining o`ziga ham ushbu loyiha haqida hech narsa ma`lum emas. Mulohazalar, taxminlar ko`p. Kimdir uni yangi ko`rsatuv desa, yana birov esa yangi liboslar do`koni degan fikrda.

Loyihani amalga oshirayotgan ijodiy jamoa loyihada suratga tushayotgan san`atkorlarga ham aslida nimaning reklamasida suratga tushishayotganini oshkor etishmayapti.

    Boshqa yangiliklar