O`zbek Davlat sirkida rossiyalik sirk artistlarining gastrollari start oldi. “Nikulinning afsonaviy sirki” o`rniga turli janrdagi sirk yulduzlarining chiqishlari namoyish etilmoqda.
“Art Modern Music” Xalqaro prodyuserlik markazi rahbari Feruza Murodova:
"Nikulin sirki brendi ostida faoliyat yuritadigan sirk kollektivi kelmadi, ammo sirk gastrollari dasturi hali ham o`z kuchida. Rossiya sirki Toshkentga tashrif buyurdi. Endi O`zbek Davlat sirkida 19 apreldan 24 mayga qadar boshqa rossiyalik sirk yulduzlari ishtirokida namoyishlar bo`lib o`tadi. Tomoshabinlar ayiqlar, maymunlar va boshqa hayvonlarning, shuningdek masharaboz va akrobatlarning original chiqishlarining guvohi bo`lishlari mumkin. Ilk namoyishlar omadli o`tdi. Katta-yu kichik barcha birday mamnun."





