Rossiyalik mashhur xonanda Maksim ilk bor Toshkentda o`zining jonli va yakkaxon konsertini taqdim etadi.
29 may kuni poytaxtimizning “Istiqlol” san`at saroyida yoshlarning sevimli san`atkori o`zbekistonlik muxlislariga eng zo`r xit va yangi taronalarini taqdim etadi. Konsert tashkilotchilari sifatida Yoshlar madaniyat va san`at markazi ishtirok etmoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, chiptalar narxi 40 mingdan 400 ming so`mni tashkil qilmoqda.





