O`zbekiston Respublikasi Ochiq ma`lumotlar portalida giyohvandlik vositalari, psixotropik moddalar va prekursorlarga aloqador lisenziya yoki boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar ro`yxati e`lon qilindi.
Ro`yxat jamlanmasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), saqlash, sotish (berish), taqsimlash, tashish, yaratish va ishlab chiqarish, tayyorlash, yo`q qilish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va o`quv, ishlab chiqarish maqsadlarida, shu jumladan tibbiyot va veterinariyada foydalanish uchun berilgan 1284 ta lisenziya va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar 2015-yilning 3-mart holatiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan taqdim etilgan.
O`zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo`lishiga ushbu Qonunda belgilangan hollarda va tartibda yo`lga qo`yilgan.
O`zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar analoglarining muomalada bo`lishi taqiqlanadi.
O`zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo`lishi bilan bog`liq faoliyat yuridik shaxslar tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladigan lisenziya asosida amalga oshiriladi., III va IV ro`yxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan tibbiy maqsadlarda O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda foydalanilishi mumkin.
Tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun ruxsat etilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga nisbatan dorivor vositalar to`g`risidagi qonun hujjatlarining ushbu Qonunga zid bo`lmagan qismi tatbiq qilinadi.





