O`zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi tomonidan “Sog`lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida “Sog`lom ona – sog`lom bola tamoyilini hayotga tadbiq etishda xususiy tibbiyot zamonaviy texnologiyalarning o`rni va ahamiyati” mavzusida davra suhbati o`tkazildi, bu haqda O`zLiDeP matbuot xizmati xabar berdi.
Unda Oliy Majlis Senati a`zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi, Aholi reproduktiv salomat markazi, viloyat xotin-qizlar qo`mitasi, «Sog`lom avlod uchun» Xalqaro xayriya jamg`armasi, «Nuroniy» jamg`armasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi viloyat bo`limlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga O‘zLiDePdan saylangan ayol deputatlar, partiya “Ayollar qanoti” faollari ishitrok etdilar.
Tadbirda partiya tomonidan “Sog`lom bola yili” Davlat Dasturi doirasida onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, sog`lom millat genafondini asrashga ko`maklashish, reproduktiv salomatlik, sog`lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiy savodxonlikni oshirish hamda chekka hududlarda yashayotgan yosh qizlarni sport bilan shug`ullanishga kengroq jalb etish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Davra suhbatida “Sog`lom oila – mustahkam oila” partiyaviy loyihasi doirasida turli ijtimoiy masalalar, jumladan, oilada sog`lom turmush tarzini shakllantirish, yosh qizlarni sport bilan shug`ullanishga keng jalb etish, ayol murabbiylar sonini oshirish va ularni qo`llab-quvvatlash bo`yicha nazariy va amaliy yordam ko`rsatishga qaratilgan targ`ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilayotgani alohida ta`kidlab o`tildi. O`tkazilayotgan tadbirlarda qatnashayotgan tibbiyot xodimlari nazariy ma`ruzalar o`qish bilan bir qatorda uchrashuvlar va davra suhbatlari ishtirokchilarini profilaktik ko`rikdan ham o`tkazayotir. 2014 yilda respublikamizning barcha hududlarida mazkur loyiha doirasida 285 ta tadbirlar amalga oshirilib, 21 ming nafar xotin-qizlar bepul tibbiy ko`rikdan o`tkazildi.
Tadbirda mazkur loyiha doirasida Buxoro viloyatida ham qator samarali ishlar amalga oshirilgani, birgina o`tgan yilning o`zida 4 ming nafarga yaqin xotin-qizlar bepul tibbiy ko`rikdan o`tkazilgani, joriy “Keksalarni e`zozlash yili”da ham bu kabi ishlar ko`lamini yanada oshirish lozimligi ta`kidlandi.
Davra suhbati doirasida Shofirkon tuman ko`p tarmoqli markaziy poliklinkasida urush va mehnat faxriylari, ijtimoiy muhofazaga muhtoj va kam ta`minlangan oilalardan 380 nafarga yaqin ayollar bepul tibbiy ko`rikdan o`tkazildi.
Savob va xayrli ish-bepul tibbiy ko`rik doirasida “Sog`lom avlod uchun” jamg`armasi tomonidan xududdagi bir qator ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga jami 20 mln.so`mlik buyumlar tarqatildi.





