AsosiySport

Ruslan Chagaev yangi murabbiy qo`l ostida shug`ullanyapti

Professional boksning superog`ir vazn toifasi WBA yo`nalishida amaldagi jahon chempioni hamyurtimiz Ruslan Chagaev mashhur murabbiy Pedro Dias bilan hamkorlikda ish boshladi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar bermoqda.

Shartnoma bir yilga imzolangan bo`lib, navbatdagi janglarga Chagaevni aynan Dias tayyorlaydi. Kubalik murabbiy Migel Kotto va boshqa ko`plab jahon chempionlariga ustozlik qilgan.

“Ruslan bilan hozir mashhur murabbiy Pedro Dias ishlamoqda. U bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Uning taklif etilishida Ramzan Qodirov muhim rol o`ynadi. U Ruslanni qo`llamoqda. Chagaev bir oy avval Gamburgda mashg`ulotlarni boshladi. Ikki hafta oldin esa Mayamiga ko`chib o`tdi. 26 aprelda Ruslan murabbiyi bilan Gamburgga qaytadi”, - deb aytib o`tgan Chagaevning promouteri Timur Dugazaev.

    Boshqa yangiliklar