Xabaringiz bor, ertaga, 21 aprel kuni "Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasining 5-turida o`z maydonida Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubini qabul qilishadi. O`yin soat 16:00da boshlanadi. Bu haqda sports.uz nashri ma`lumot bermoqda.
Bugun odatdagidek o`yinoldi tadbir (har ikkala jamoa menejerlari, uchrashuv komissari, hakamlar nazoratchisi hamda o`yinga aloqador shaxslar ishtirokida miting) bo`lib o`tdi, deya xabar beradi klubi rasmiy sayti. Unga ko`ra, ertaga mezbon "Lokomotiv" oq rangli libosda harakat qilsa, mehmonlar - "Al Hilol" futbolchilari esa ko`k rangli formada to`p tepishadi.
SPORTS.uz sayti mazkur uchrashuvdan to`g`ridan-to`g`ri matnli onlayn translyasiyani e`tiboringizga havola etadi. Bizni kuzatishda davom eting.





