Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrida “Evro eksel” mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan gipermarket qurilishi boshlandi. Bu haqda turkistonpress.uz nashri xabar bermoqda.
Mazkur gipermarket qurilishi uchun 3 milliard so`mdan ortiq mablag` sarflanishi va u o`zida bir qancha ob`ektlarni birlashtirgan yaxlit majmuaga aylantirilishi ko`zda tutilgan.
Zamonaviy dizayn va ko`rinishda barpo etiladigan gipermarketda bolalar o`yin maydonchasi, kino zali, to`yxona va mehmonxona ham mavjud bo`ladi. Xabarda bu majmua viloyatdagi ilk gipermarket bo`lishi qayd etilgan.





