AsosiySport

Xulen Lopetegi "Real" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Portugaliyaning “Portu” jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Madridning “Real” klubi mutasaddilari e`tiboriga tushdi, deb xabar beradi sports.uz nashri.

“Galaktikos”ning hozirgi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan tuzilgan shartnoma 2016 yil o`z nihoyasiga etadi. Madrid superklubi esa klubga murabbiy qidirishni hozirdan boshlab yubordi. Xulen Lopetegining “Qaymoqranglilar” e`tiboriga tushishiga sabab, EChLda “Bavariya” ustidan ishonchli g`alabaga erishilganidir. Mazkur bahsdan so`ng, unga qiziqish jiddiy ravishda ortib ketdi.

Eslatib o`tamiz, mazkur mutaxassis oldin Ispaniya yoshlar terma jamoasini Evropa chempionatiga aylantirgan. Bundan tashqari, u “Real”ning o`rinbosarlar tarkibiga ham murabbiylik qilgan.

 

    Boshqa yangiliklar