AsosiyJamiyat

Toshkentda yana shakar xavotiri boshlandi

Shakar bahosi qimmatlashishidan xavotirlanib, shahar aholisi ayrim do`konlarda navbat hosil qilib, g`amlashga tushgan. “Jamoatchilik nazorati” guruhi ishtirokchilarining yozishicha, shakarning narxi ham ko`tarilib qolgan. Jumladan, “Aviasozlar” bozorida 3 ming 900 so`mdan sotilmoqda. Vaholanki, avvalroq 2 ming 900 so`mga sotilayotgan edi, deb xabar beradi uz24.uz nashri.

Sir emas, har yili bahor-yoz mavsumida iste`molchilar orasida shakar bilan bog`liq xavotirlar boshlanadi. O`tgan yili bozorlarimizda ushbu mahsulotning sun`iy tanqisligi yuzaga kelgan, narxi esa ikki barobar ko`tarilgan edi. Toshkentdagi yirik supermarketlarda shakarning o`rtacha narx-navosi saqlanib qolgan bo`lsa-da, bir oilaga yoki bir kishi boshiga 2 kilogrammdan ortiq shakar berilmagan edi.

Iste`molchilar orasida, shuningdek, O`zbekistonda shakar “tanqisligi” ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchi zavod yopilishi bilan bog`liq, degan asossiz gaplar ham tarqalgan edi.

Hozirda respublikamizda ikkita – “Xorazm shakar” hamda “Angren shakar” zavodlari ishlab turibdi.

    Boshqa yangiliklar