AsosiyJamiyat

Bishkekda 17 yoshli qizni bo`g`ib o`ldirgan erkak o`z joniga qasd qildi

Milisiyaning bergan ma`lumotlariga ko`ra, Bishkekning 12-mikrorayonidagi kvartiralarning birida ikki kishining jasadi topilgan. Bu haqda uz24.uz AKIpress agentligi xabar beradi.

Ulardan biri 17 yoshli qizning jasadi bo`lib, u nafas yo`llarining bo`g`ilishidan vafot etgani taxmin qilingan. Erkak  esa topilgan vaqtda hali tirik bo`lgan. Uni shifoxonaga olib borishgan, biroq u ham vafot etgan.

Milisiyaning aniqlashicha, erkak o`ldirilgan qizning turmush o`rtog`i bo`lib, ular yaqinda oila qurishi kerak bo`lgan. Lekin o`rtada yuzaga kelgan janjal ularning o`limi bilan tugagan. Erkak qizni bo`g`ib o`ldirgach, pichoq bilan o`zining ham joniga qasd qilgan.

Hozirda ularning shaxsi aniqlangan va qizning o`ldirilishi  bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Milisiya xodimlari hodisa tafsilotlarini o`rganmoqda va tergov harakatlarini olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar