Vazn toifasidan qat`iy nazar dunyoning eng kuchli bokschilari reytingi karvonboshisi amerikalik 38 yoshli Floyd Meyvezer professional faoliyatidagi so`nggi jangini shu yilning 12 sentyabr kuni o`tkazishini ma`lum qildi. Bu haqda olamsport.com ma`lumot bermoqda.
Bu bilan Meyvezer Showtime telekanali bilan imzolangan 6 ta janglik shartnomasini amalda bajargan bo`ladi. Avval xabar berganimizdek, Floyd 2 may kuni filippinlik 36 yoshli Menni Pakyaoga qarshi asr jangiga qiyoslanayotgan jangda ringga ko`tariladi.





