Toshkent axboroot texnologiyalari universitetida "O`zbektelekom" AK hamkorligida tashkil etilgan o`quv ilmiy-tadqiqot laboratoriya majmualari ochildi. Bu haqda telegraf.uz nashri xabar beradi.
Yangi laboratoriya MSC61 kommutasiya stansiyasi, abonentlarni ro`yxatga olish moslamasi, HLR M800 BSC 6600 bazaviy stansiyalar nazoratchisi, bazaviy stansiya, BTS 3612 — PS elektr ta`minoti moslamasi bilan jihozlangan. Shuningdek, bu erda foydalanish jarayonida yuzaga keladigan muammolarga taqlid qilish usuli bilan tarmoq muammolarini echish imkoniyati yaratilgan.
O`quv ilmiy-tadqiqot laboratoriyasining ikkinchi majmuasi NGN-texnologiyalar bazasida tashkil etilgan. Bu erda ma`lumotlar uzatish tizimi, raqamli kommutasiya tizimi, Softswitch, mini-MSAN va boshqa moslamalar o`rnatilgan. Majmuaga ma`lumotlar uzatish tarmoqlari laboratoriyasi ulangan.
Yangi laboratoriyadan birgalikdan foydalanish uchun VPN-birikma yordamida TATU hududiy filiallari ulandi va bu TATU hamda uning filiallari tarmoqlarini masofadan turib boshqarish va sozlash imkoniyatini yaratdi.
Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida talabalar NGN tarmoqlari tuzilishi, optik-tola uzatish tizimi, raqamli kommutasiya tizimi, NGN-tarmoqlarning komponentlari va ularning vazifalari, Softswitch ishlash tamoyili va qurilma imkoniyatlari, transport telekommunikasiyasi tarmoqlarining tuzilishini o`rganishlari mumkin.





