AsosiyJamiyat

O`zbekiston Pensiya jamg`armasi rahbari o`z lavozimidan ozod qilindi

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi ijrochi direktori Muzaffar Akromov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda 12news.uz xabar beradiBu haqda jamg`arma rasmiy saytida ma`lum qilindi. 

Ma`lumot uchun, 2010 yil 1 yanvardan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensasiya va boshqa to`lovlarni belgilash, moliyalashtirish, hisoblash va monitoring qilish Pensiya jamg`armasining tegishli hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Bu hududiy boshqarmalar pensiya ta`minoti hamda fuqarolarni shifokorlik-mehnat ekspertizasi bilan bog`liq butun masalalar majmuasiga javobgar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimiga kiruvchi vazifalar va tegishli tuzilmalarni berish hisobiga tashkil etilgan.

    Boshqa yangiliklar