9 aprel kuni Bishkekdagi Onalik v bolalikni muhofaza qilish milliy markazining tug`ruq uyida to`rt egizak tug`ilgani xabar qilindi, deb yozadi uz24.uz AKIrress nashri ma`lumotlari asosida.
Ma`lumotlarga ko`ra, chaqaloqlarning birinchisi - 2,080 gr., ikkinchisi – 2,270 gr., uchinchisi – 1,770 gr. va to`rtinchisi – 2,591 gr. vaznda tug`ilgan.
Qirg`iziston sog`liqni saqlash vazirligining matbuot xizmati ayni paytda ona va bolalarning salomatligi yaxshi va shifokorlar nazorati ostida ekanligini ma`lum qilmoqda.
Qirg`izistonlik ayolning uch nafar farzandi bo`lib, endilikda u 7 farzandning onasiga aylangani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, Qirg`izistonda so`nggi 23 yil ichida ikki marta to`rt egizaklar tug`ilgan.





