AsosiyShou-biznes

Yulduz Turdieva jarrohlik operasiyasini kechiktirmoqda

Gazetamizning o`tgan sonlarida O`zbekiston xizmat ko`rsatgan artist Yulduz Turdievaning ovozi bilan bog`liq muammolar tug`ilgani va uni jarrohlik operasiyasi yo`li bilan davolashga kirishgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur xabar gazetamiz orqali ko`plab internet nashrlariga etib borishga ulguribdi. Ma`lumotlarga qaraganda Turdievaning salomatligidan xorijiy san`atkorlar ham xavotirda.

 “Qo`l telefonim tinmayapti, har daqiqada kimdir qo`ng`iroq qiladi. Boshqa davlatlardagi muxlislarim ham ovozimdan xavotirda. Aslida tashvishlanishga o`rin yo`q, hozir muntazam shifokor nazoratidaman” – deydi Yulduz Turdievaning o`zi.

Gapini tasdiqlash maqsadida xonanda o`tgan hafta “Sani Majnun” nomli qo`shig`iga rejissyor Dilmurod Turdiboev hamkorligida klip suratga oldi. Avvaldan rejalashtirilgan konsertlar va tadbirlar sabab xonanda operasiyani may oyiga qoldirgan. Biroq shifokorlar operasiya qancha kechiktirilsa, ovoz shuncha zo`riqishini ta`kidlashyapti... 

    Boshqa yangiliklar