Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Sog`liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda hududiy sog`liqni saqlash boshqarmalariga maxsus yo`llanma (order) olish uchun ariza yuborish xizmati yo`lga qo`yildi.Bu haqda uz24.uz UzReport nashri ma`lumotlariga ko`ra xabar beradi.
Xizmat turidan ushbu imtiyozdan foydalanish huquqiga ega bo`lgan barcha jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin.
Elektron arizani yuborish jarayonida shifokor tomonidan maxsus tibbiy ko`rikdan o`tganlik to`g`risidagi guvohnomaning skanerlangan nusxasi, shuningdek, bemor ushbu imtiyozga ega ekanligi haqidagi ma`lumotnomaning elektron shakli ilova qilinadi.
Yuborilgan hujjatlar o`rganib bo`lingach, 10 ish kuni mobaynida Yagona portaldagi foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga, shuningdek, ro`yxatdan o`tganda ko`rsatilgan elektron pochta manziliga bepul tibbiy xizmat uchun maxsus yo`llanma (order) olinishi to`g`risida xabar jo`natiladi.





