AsosiySport

Yoshlar terma jamoamiz Yangi Zelandiyani mag`lub etdi

Farg`ona shahrida yangi bunyod etilgan “Istiqlol” arenasida O`zbekiston hamda Yangi Zelandiya terma jamoalari o`rtasida kechgan murosasiz bahs yakuniga etdi. Anchagina qizg`in kurashlarga boy tarzda kechgan bellashuv Ravshan Haydarov ustozligidagi U-20 terma jamoamizning 1:0 hisobidagi g`alabasi bilan yakunlandi. Bu haqda sports.uz nashri xabar beradi.

Ushbu uchrashuv mazkur o`yingohdagi dastlabki bahs bo`lgani sababli Fargonada bu uchrashuvga juda katta tayyorgarlik olib borilibdi. O`yin avvalida stadionda bayram tadbiri tashkil etildi. Unda elimiz suygan bir qator san`atkorlar yig`ilgan muxlislarga ijod na`munalaridan bahramand qilishdi. So`ng viloyat hokimi Shuhrat G`aniev yig`ilganlarni katta futbol bayrami bilan qutladi.

Bevosita uchrashuvga to`xtaladigan bo`lsak,o`yin juda murosasiz ruhda kechdi. 13-daqiqada Javohir Sohibov darvoza tomon aniq zarba yo`llab gol kiritdi va uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona golga muallifilik qildi.

O`rtoqlik uchrashuvi.

3 aprel. “Istiqlol” o`yingohi. Farg`ona

O`zbekiston - Yangi Zelandiya 1:0

Gol: J. Sohibov (14)

O`zbekiston U20: 12.Dilshod Hamroev, 4.Mirjamol Qosimov (2.Rustam Ashurmatov, 61), 5.Odil Hamrobekov, 6.Akromjon Komilov, 8.Javohir Sohibov, 9.Eldor Shomurodov, 10.Otabek Shukurov, 17.Doston Hamdamov (16.Sardor Azimov, 76), 19.Zabihillo O`rinboev, 20.Doston Tursunov, 23.Xurshid G`iyosov (22.Javohir Sidiqov, 86).

Yangi Zelandiya U20: 1.Oliver Sail, 2.Brok Messenjer, 4.Jessi Edj, 5.Adam Mitchell, 7.Endryu Bleyk (18.Noa Billingsley, 77), 9.Judd Beyker (10.Klayton Lyuis, 59), 13.Kori Braun (3.Deklan Uayn, 84), 14.Andre De Yong (19.Nikolas Del 77), 15.Aleks Rufier, 16.Te Vixongi (8.Moses Dayer, 64), 17.Metyu Ridenton.


 

    Boshqa yangiliklar