Bugun, 3 aprel kun kech soat 21:00 da “Rossiya 1” telekanalida “Glavnaya ssena” musiqiy loyihasining ikkinchi yarim finali bo`lib o`tishi kutilmoqda. Unda Toshkentlik Sardor Milano sahnaga chiqadi.
Aytish lozimki, 23 yoshli ishtirokchi o`z ijrosi bilan ko`plab muxlislar e`tiboriga tushib ulgurdi. U saralash bosqichida italiyalik opera xonandasi Andrey Bochellining “Con Te Partiro”, "Time To Say Goodbye" qo`shig`ini ijro etgan bo`lsa, chorak finalda esa – “Nella Fantasia” qo`shig`ini kuylagan edi.
Sardorning aytishicha, unig ovoz diapazoni 3,5 oktavaga teng. Odatda opera va estrada xonandalarining ovoz diapazoni 2 oktavaga teng bo`ladi.
Eslatib o`tamiz, Sardor ayni vaqtda Moskva shahrida tahsil oladi va yashaydi.





