Shu yilning 2-3 may kunlari O`zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko`rgazmalar zalida Wedding Fest–2015 birinchi xalqaro to`y festivali bo`lib o`tadi.
Festivalda fotoko`rgazmalar, to`y liboslarining ochiq podium namoyishlari, to`y sanoati bilan bog`liq mahsulotlar taqdimotlari, to`y oshxonasi degustasiyasi, etakchi xorijiy mutaxassislar – kosmetologlar, tirnoq servisi ustalari va boshqa mutaxassislar uchun mahorat maktablaridan tashkil etiladi.
Shuningdek, to`y sanoati uchun O`zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning taqdimotlari va mehmonlar uchun tanlovlar o`tkaziladi.





