O`zbekiston Futbol Federasiyasi texnik bo`limi boshlig`i, OFK komissari Olim Arifov FIFA komissarlari ro`yxatiga kiritildi. Bu haqda O`zbekiston Futbol federasiyasi axborot xizmati xabar qiladi.
Shu paytgacha OFKga kiruvchi musobaqalarda komissar sifatida ishlab kelgan Olim Arifov endilikda FIFA tasarrufiga kiruvchi musobaqalarda, jumladan JCh-2018 saralash bahslarida komissar sifatida ishlaydi.
Ta`kidlash joiz, OFK komissari sifatida o`zbekistonlik mutaxassis o`z faoliyatini 2011 yilda boshlagan va bungacha OFK tasarrufiga kiruvchi musobaqalarda ishlagan. Jumladan klublar o`rtasida OFK Kubogi hamda OChL, shuningdek terma jamoalar miqyosidagi o`yinlarda umumiy hisobda 50ga yaqin uchrashuvlarda komissarlik qilgan.





