2015 yilning 29 mart kuni Shanxayda figurali uchish bo`yicha Jahon chempionati o`tkazilganidan xabaringiz bor. Unda O`zbekiston sharafini Misha Ge himoya qildi. 23-29 mart kunlari Xitoyda o`tkazilgan figurali uchish bo`yicha Jahon chempionatida erkaklar o`rtasidagi bahslarda 21 mamlakatdan 47 nafar sportchilar qatnashdi. Ular orasida Yudzuru Xanyu, Denis Ten, Maksim Kovtun, Xaver Fernandes kabi taniqli figurachilar ham bor edi. Misha Ge jami 234,8 ball to`plab, 6-o`rinni olishga muvaffaq bo`ldi.
Ushbu Jahon Chempionatida ishtirok etgan yurtdoshimiz barcha ishtirokchilar bilan selfiga tushdi. Aytish lozimki, bu surat boshqa figurachilarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham keng tarqaldi.





