Gonkonglik pianinochi Genri Chau Xoy-len o`z ota-onasini vahshiylarcha o`ldirib, so`ng ulardan taom tayyorlab iste`mol qilgani uchun umrbod qamoq jazosiga xukm qilindi, deya xabar beradi korrespondent.net nashri The Daily Mail nashri ma`lumotlariga asoslanib.
Voqea shu yilning 25 mart kuni sodir bo`lgan. 31 yoshli qotil 63 yoshli onasi Siu Yuet-Yi va 65 yoshli otasi Chao Ving-kilarni o`ldirgan, so`ng ularning tana qismlarini bo`laklarga bo`lib tashlagan. Polisiya marxumlarning ba`zi tana qismlarini Genri Chau Xoy-lenning uyidagi muzlatkichdan topishgan.
Ma`lum bo`lishicha, Genri Chau Xoy-len ota-onasini uni pul bilan doimiy ravishda ta`minlay olmasliklarini aytganlaridan so`ng o`ldirgan va hozirga qadar ularning o`limida o`zini emas, balki ota-onasini ayblamoqda. Qotillik sodir etilgan vaqtda uyda Genri Chau Xoy-lenning do`sti ham bo`lgan. U ham do`stiga bu ishda yordam bergan.
Genri Chau Xoy-lenning katta akasi ota-onasining kutilmaganda g`oyib bo`lganidan havotirga tushgach, ukasidan ular haqida so`ragan. Biroq qotil o`g`il ularning dam olishga ketganliklari haqida aytgan. Ertasiga esa, Genri Chau Xoy-len WhatsApp orqali barcha do`stlariga ota-onasini o`ldirgani xaqida xabar yuborgan. Bu xabarni eshitgan barcha darxol polisiyaga xabar bergan.





