AsosiySport

Dunyo futbolidagi eng mashhur egizaklar

Juft bo`lib tug`ilib, yana bir kasbda dunyoga mashhur bo`lish darhaqiqat, e`tiborga molik holat. To`g`risi, biracha insonlar  egizaklarga qandaydir o`zgacha nazar va havas bilan qaraydi. Agar, ulardagi qobiliyat bir sohaga yo`nalgan bo`lib, masalan futbolda bir jamoada to`p sursa, ota-onasi va yaqinlari uchun juda katta baxt bo`lsa kerak.  Muxlislarning ularga bo`lgan qiziqishini aytmaysizmi?.  Bugun sizlar bilan millionlar o`yinida mashhur bo`lgan egizaklar to`g`risida suhbatlashamiz.

Rafael va  Fabio da Silvalar 

Ular ayni payt maydonda to`p surayotgan eng mashhur egizaklar desak, adashmagan bo`lamiz. Braziliyalik bu ikki aka-uka  —«Fluminense» klubida tarbiya topganlar. Ikkisining ham ampluasi qanot himoyachisi bo`lsada,  ular yarim himoya pozisiyasida  o`ynashni yaxshi ko`rishadi. Silvalar  birgalikda  «Manchester Yunayted»ga kelishib, bir o`yinda debyut qilishgan. Lekin,  ularning keyingi rivojlanishi bir xil kechmadi. Rafael hozirda jamoaning etakchilaridan biriga aylanib, tarkibning asosiy o`yinchilaridan hisoblanadi. Fabio bo`lsa egizagidan farqli o`laroq, maydonga ozroq tushadi. Uni o`tgan yili «Kuinz Park Reyndjers», klubiga ijaraga berib yuborishdi. Qizig`i, “KPR”da ularning  og`alaridan yana biri Anton Ferdinand faoliyat yuritadi.  

Hamit v Xalil Altinto`plar 

Bu ikki turk futbolchilari Germaniyaning go`zal Gilzenkirxen shahrida tug`ilib, futboldagi ilk qadamlarini o`sha erdagi «Vattenshayd 09» klubida tashlaganlar.  Ulg`ayishgach esa, taqdir ularni ikki  boshqa-boshqa yo`llarga boshladi. Xamit - «Shalke», «Bavariya», «Real» va «Galatasaray»,  Xalil bo`lsa - «Kayzerslautern», «Shalke», «Ayntraxt», «Trabzonspor» va «Augsburg» klublarida muvaffaqiyatli to`p surdi. 

Pavel va Petr Brojeklar

Polshalik aka-ukalar  1983-yili bir kunda tug`ilishib, deyarli butun faoliyati davomida birgalikda to`p surishgan. Ular avvaliga Krakovning «Visla»sida so`ng Turkiyaning «Trabzonspor» klubida elkama-elka o`ynadilar. Pavel oz muddat Ispaniyaning «Rekreativo»si safida o`ynab qaytgach ular yana «Visla»da birlashishdi. Ular Polsha milliy terma jamoasi vakillaridir. 

Sven va Lars Benderlar 

Egizaklar o`zlarining professional faoliyatini «Myunxen 1860» da boshlab, tez orada jamoaning alishtirib bo`lmas o`yinchilarga aylanishdi. Biroq,  ularni baquvvatroq klublar o`z safiga chaqirgach, aka-ukalar yo`li ikki tomonga ajradi. Endi Sven Dortmundning «Borussii» klubi sharafini himoya qilsa, egizagi bo`lgan Lars yana bir mashhur jamoa  Leverkuzenning «Bayer» klubi bayrog`i ostida maydonga tushadi. 

Frank va Ronald de Burlar 

Eng nomdor bo`lgan gollandiyalik egizaklar Amsterdamning “Ayaks” klubida voyaga etib, aynan mana shu klubda uzoq vaqt o`ynaganlar. Evropa futboliga ko`plab iqtidorlarni etkazib bergan jamoadagi  faoliyati davomida ular besh bor Gollandiya chempionatini yutib, bir marta chempionlar Ligasi g`olibi bo`lishgan. 1998-yili ular birga «Barselona»ga o`tishib, faoliyatlarini Qatarda yakunlashgan. De Burlar — dunyo futbolining eng omadli va eng sovrindor egizaklaridan sanalishadi. Hozirda,  Frank o`sha nomdor bir paytlar o`zi va og`asi futbol alifbosini hijjalagan  “Ayaks” klubiga bosh murabbiylik qiladi, ukasi Ronald esa uning yordamchisidir. 

Filipp va David Degenlar 

Aka-uka Degenlar u darajada taniqli bo`lmasalarda, egizaklarga xos ravishda bir klub – Shveysariyaning “Bazel”i  sharafini himoya qilishadi.  Filippning ko`rsatkichlari biroz boyroq u Dortmundning «Borussii», «Liverpul» va «Shtutgart», jamoalari tarkibida o`ynab, 2006-yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan. 

Vasiliy va Aleksey Berezuskiylar 

“SSKA” klubi,  yaqinda alpqomat- ikki pahlavon bilan shartnomalarini 2017-yilgacha uzaytirdi.  Aka – ukalar  futbol sirlarini o`rganishni  “Torpedo-Zil”  klubida boshlaganlar. Har ikkisi ham yuqori tezlik egasi bo`lmasada, jamoaning tayanchi hisoblanishadi.  Armiyachilar va Rossiya termasining ishonchli futbolchilari bo`lgan  ko`plab muxlislar yoqimtoyi bo`lgan egizaklar hali uzoq yillar futbol muxlislarini xursand etib yurishlarini tilab qolamiz. 

Manba: sports.uz

    Boshqa yangiliklar