AsosiySport

Meyvezer - Pakyao jangi biletlari narxi qancha?

Shu yilning 2 may kuni Las-Vegasda kichik Floyd Meyvezer – Menni Pakyao o`rtasida bo`ladigan jangi biletlari narxi e`lon qilindi. Bu boks tarixidagi eng qimmat narx deya e`tirof etildi.

Ushbu jangni to`g`ridan-to`g`ri tomosha qilishni xohlagan muxlislar eng kamida 1500 dollar sarflashlari kerak. Agar bellashuvni oldingi qatorlarda ko`rmoqchi bo`lsangiz, bilet uchun 7500 dollar to`lash zarur, deya xabar beradi Daily Mail nashri.

Eslatib o`tamiz, 2 may kuni bokschilar yarim o`rta vazn toifasida WBA, WBC va WBO (66,6 kg.gacha) kamarlari uchun ringga ko`tarilishadi.

Kelishuv shartlariga ko`ra, Meyvezerning gonorari 150 million dollarni tashkil etsa, Pakyao 100 million dollar oladi. Shuningdek, shartnomaga binoan revansh jangi kuzda bo`lishi mumkin.

 Manba: Sports.uz 

    Boshqa yangiliklar