2015 yilning fevral oyi boshlarida Turkiyaning dunyoga mashxur xonandasi Ibrohim Totlisasning AQShning Mayami shtatiga jarrohlik amaliyoti uchun jo`nab ketgani haqida xabar bergan edik.
Bir necha kun avval chet el ommaviy axborot vositalari orqali uning ahvoli og`ir ekani, ba`zilarida esa xatto uning vafoti haqida ham xabarlar tarqalib ketdi, deya xabar bermoqda day.az nashri.
“Qafqazinfo” agentlining bergan ma`lumotlariga ko`ra, san`atkorning menejeri Eyyup Kanat Ibrohim Totlisasning bir necha kun davomida komada bo`lgani, ayni damda esa ahvoli yaxshi ekani va u palataga o`tkazilgani haqida xabar bergan. Shuningdek, u matbuot orqali uning o`limi, og`ir xastaligi haqida aytilgan fikrlar haqiqatga zid ekanini ham aytib o`tgan.
“Ibrohim bey komadan chiqdi, ko`zlarini ochdi, biroq xali og`riqlar borligi sababli shifokorlar uyga ruhsat berishmayapti. Bir necha kun o`tgach u dori vositalarini qabul qilishni ham to`xtatadi, ayni damda miya faoliyati yaxshilandi, qo`rqinchli hech narsa yo`q” deydi Eyyup Kanat. Xonandaning sobiq turmush o`rtog`i Ayshegyul Yildiz va qizalog`i Elif Ada u bilan birga.
Qizalog`ining yonida ekani Ibrohim Totlisasning tezroq tuzalib, oyoqqa turib ketishi uchun yordam beradi. Chunki xonanda jarrohlik amaliyoti uchun Mayami shtatiga ketish oldidan qo`liga qizalog`ini olarkan, ommaviy axborot vositalari xodimlariga ularni birgalikda suratga olishga “bu bizning so`nggi suratlarimiz bo`lishi mumkin”, deya ruxsat bergan edi. Shukurki, xonanda yana hayotga qaytdi.
Eslatib o`tamiz, 2011 yili uning miyasiga noma`lum shaxs tomonidan uzilgan o`q tufayli qo`shiqchi tanasining tepa chap qismi falaj bo`lib qolgandi.





