AsosiySport

“Nasaf” delegasiyasi Dubay shahriga uchib ketdi

Qarshining “Nasaf” jamoasi Osiyo Chempionlar ligasining 3-turini Dubay shahrida BAAning “Al-Ahli” jamoasiga qarshi o`tkazadi. Shu maqsadda bugun tongda “Nasaf” jamoasi delegasiyasi Toshkent xalqaro aeroportidan Dubayga jo`nab ketdi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.

Ushbu muhim uchrashuvga “Nasaf” bosh murabbiyi quyidagi futbolchilarni jalb etgan:

Darvozabonlar – Eldorbek Suyunov, O`tkir Yusupov, Alibek Turobov.

Himoyachilar – Maqsud Karimov, Hamza Karimov, Shuhrat Muhammadiev, Botir Qoraev, Rok Roy, Sherzod A`zamov.

Yarim himoyachilar – Erkin Boydullaev, Ilhom Yunusov, Odil Hamrobekov, Shohruh Gadoev, Doniyor Narzullaev, Bahrom Abdurahimov, Akramjon Bahriddinov.

Hujumchilar – Ilhom Shomurodov, Oleksandr Kablash, Artur Gevorkyan, Farruh Sayfiev.

Eslatib o`tamiz, “Al-Ahli” – “Nasaf” uchrashuvi 18 mart, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:35 da boshlanadi.

 

    Boshqa yangiliklar