Kosta-Rikadagi Kartago provinsiyasida Turrialba vulqonining uyg`onishi natijasida San-Xosedagi Xuan Santamariya bosh aeroporti yopib qo`yildi. Bu haqda news.day.az xabar beradi.
Hozirga qadar vulqondan ikki marta kuchli lavalar otilib chiqqan. Birinchi otilishda lava 500 metr balandlikka, ikkinchi martasida esa tahminan 1 kmlometr balandlikka otilgan. Vulqon atrofidagi qishloq aholisi evakuasiya qilingan, maktab va bog`chalar vaqtinchalik o`z faoliyatini to`xtatgan. Vulqoning yana otilishi yoki otilmasligi, uning atrofdagilarga qanchalik darajada havf tug`dirishini tahmin qilishga cho`chigan Kosta-Rika xukumati bosh aeroportni vaqtincha yopishga qaror qilishdi. Ayni damda mamlakat olimlari tomonidan vulqonning harakati kuzatib borilmoqda.





