AsosiySport

Ayollar olimpiya terma jamoamiz Falastinni mag`lub etdi

Iordaniya poytaxti Amman shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiyada-2016 sralashi birinchi bosqichi dastlabki uchrashuvlar o`tkazildi.

"B" guruhidan o`rin olgan O`zbekiston ayyollar olimpiya terma jamoasi birinchi uchrashuvda Falastin jamoasiga qarshi maydonga chiqib, yirik - 6:0 hisobida g`alaba qozondi. Bu haqda O`zbekiston Futbol federasiyasining axborot xizmati xabar beradi.

O`zbekistonliklar dastlabki bo`limning o`zida raqib darvozasiga 5ta to`p kiritib ulgurgandi. Ikkinchi taymni ham golsiz o`tkazmagan O`zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi saralashni juda ishonchli g`alaba bilan boshladi.

Olimpiyada-2016. Saralash, 1-bosqich. 
Ayollar.

O`zbekiston - Falastin 6:0

 

    Boshqa yangiliklar