O`tgan dam olish kunlarida Gollivudning mashxur yulduzlaridan biri, “Karib dengizi qaroqchilari” filmining bosh qahramoni Jonni Deppning qo`llari chuqur jarohatlandi.
Ushbu hodisa Avstraliyada, “Karib dengizi qaroqchilari 5” filmining suratga olish ishlari jarayonida sodir bo`lgan. Jarohat olganidan so`ng Depp o`zining shaxsiy samolyotida Los-Anjelesga yo`l olgan.
Bu erda uning qo`li ustida jarrohlik amaliyoti o`tkazilishi kutilmoqda. Ma`lumotlarga qaraganda, jarrohlik amaliyotidan keyin Jonni Depp ikki haftagacha suratga olish maydonchasiga qayta olmaydi.
Bu esa rejalashtirilgan s`emka ishlarining kechikishiga sabab bo`ladi. Ushbu film 2017 yili omma e`tiboriga namoyish etili kutilmoqda.





