Yo`rgakni kichkintoylar libosi, deyish ham mumkin. Undan ota-bobolarimiz davrida ham foydalanilgan. Bugungi kunga kelib ham yo`rgakdan keng foydalaniladi. Chunki u bolaning tana suyaklarining tekis o`sishiga, uning tinch uxlashiga yordam beradi. Sh.Z.Sabitov mebel sanoati mahsulotini kengaytirish maqsadida yo`rgaklash moslamasi bo`lgan bolalar karavotini ixtiro qildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy sayti xabar qiladi.
Uning vazifasi foydalanish qulayligini oshirish, bunda yo`rgaklash moslamasini ishchi holatga o`rnatish va uni saqlash joyiga olib qo`yishda bajariladigan ortiqcha harakatlar bartaraf etishdan iborat.
Muallif ushbu ixtiroga patent olish uchun № IAP 2013 0344 raqamli talabnoma topshirdi.





