AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Prezident sayloviga oid teleko`rsatuvlar tayyorlanyapti

Yurtimizning barcha viloyatlari bo`ylab O`zbekiston Prezidenti saylovining tashkiliy-huquqiy asoslariga bag`ishlangan teleko`rsatuvlar tasvirga olinyapti. 

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining axborot xizmati bergan xabarga ko`ra, teleko`rsatuvlarni tayyorlashdan asosiy maqsad saylov qonunchiligining asosiy qoidalarini tushuntirish orqali aholining siyosiy, huquqiy va elektoral madaniyatini yuksaltirish hamda O`zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida ma`lumot berishdan iborat.

2014 yilgi saylov kompaniyasi davrida Institut hududiy bo`linmalari tomonidan hududiy teleradiokompaniyalar bilan hamkorlikda «Fuqarolik jamiyati va demokratik saylovlar», «Saylovlarda yoshlarning ishtiroki», «Saylovoldi tashviqoti saylov kompaniyasining muhim bosqichi» nomli va boshqa teleko`rsatuvlar tayyorlanib, efirga uzatilgan. Bu haqda Uzbekistan Today axborot agentligi ma`lumotlari asosida uz24.uz xabar qildi.

    Boshqa yangiliklar