AsosiyJamiyat

ShAYX HAZRATLARINING OXIRATLARI OBOD BO`LSIN

2015 yil 10 mart kuni kechqurun Toshkentda islom dunyosining yirik olimi, mashhur ulamo Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari yurak xurujidan vafot etdi.

Muhammad Sodiq ibn Muhammad Yusuf ibn Muhammad Ali, 1952 yilning 15 aprelida Andijon viloyatida tavallud topgan. U nainki O`zbekistonda va butun islom dunyosidagi eng mashhur olimlardan edi. Shayx Muhammad Sodiq Islom ulamolarining eng katta nodavlat tashkiloti bo`lgan Islom Ulamolarining Millatlararo Ittifoqining peshqadam a`zolaridan biri hisoblanardi.

Shayx Muhammad Sodiq boshlang`ich diniy ta`limni otasidan olgan. 1970 yilda o`rta maktabni to`liq a`lo baholarga tugatgach, u Mir Arab madrasasiga o`qishga qabul qilinadi. Keyinchalik, Toshkentdagi Oliy Islom Institutida tahsil olib, 1975 yilda muvaffaqqiyatli tamomlagan. 1976 yilda Shayx Liviyadagi Milliy Islom Universitetiga qabul qilindi va uni muvaffaqiyatli tamomlagan.

1997 yilda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Saudiya Arabistondagi xalqaro Islom tashkiloti bo`lgan Robita al-Islomiya (Musulmon Olami Ligasi) tarkibidagi Musulmon davlatlar va Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi federasiyasiga rahbar etib tayinlangan. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf shu kungacha ushbu tashkilot boshqaruv kengashining doimiy a`zosi hisoblanib kelgan.

Shayx hazrattlaridan ko`plab ma`naviy-ma`rifiy asarlar meros bo`lib qoldi.

Buyuk ustozning oxirlari obod bo`lsin. Shayx hazratlarining oila a`zolari, yaqinlariga “Darakchi” gazetasi va Darakchi.uz  tahririyati nomidan chuqur hamdardlik izhor etamiz.

    Boshqa yangiliklar