AsosiySport

“Real” klubining eng “o`xshamagan” transferlari

Har qanday klubda transfer siyosatining to`g`ri olib borilishi - erishilajak  muvaffaqiyatlarga zamin yaratadi. Bugun siz bilan Madridning “Real” klubida o`zini oqlamagan transferlar haqida ma`lumot beramiz.

“Qaymoqranglilar” ayni paytda chempionlar Ligasi g`olibi bo`lib, mamlakat chempionatida ham etakchilikni qo`ldan bermay kelyapti. Ko`rinib turibdiki, “qirollik klubi” oldingi yillardagi xatolaridan tegishli xulosa chiqargan. Lekin, so`nggi o`n yillikda klub transfer bozorida ko`p bora adashgan edi. 

Nuri Shaxin (2011 yili ”Borussiya”dan 12 million evroga sotib olingan)   

Turk yarim himoyachisining sotib olinishi boshidanoq ko`p savollarni keltirib chiqargan edi. Chunki, “Real” markazida unga joy topilishi mumkinligini klub rahbarlari o`ylab ko`rmadilar. Mutasaddilar Shaxinning o`sha paytda chempionlikni qo`lga kiritgan “Borussiya”  tarkibidagi  ajoyib o`yinidan ta`sirlanib, uni 12 million evroga sotib oladi. 

Lekin, Nuri o`ta kuchli raqobatga tayyor emasdi. Bundan tashqari, u jarohat olib jamoadagi moslashuv jarayonini kechiktirdi va oxir-oqibat klubga kerak bo`lmay qoldi.  

Shaxin “Real” tarkibida 4 marta maydonga tushdi xolos. So`ng u “Liverpul”ga ijaraga berib yuborildi. “Enfild”da ishi yurishmagan Nuri Dortmundga qaytib borgach, Klopp undan "eski" Shaxinni yasash uchun hali ham halak...  

Emerson ( 2006 yili “Yuventus”dan 16 million evroga sotib olingan)  

Londonning “Chelsi”siga Klod Makeleleni sotib yuborgach,  “Real” xatoga yo`l qo`yganini anglab fransuz yarim himoyachisi o`rniga mos tushadigan o`yinchi izlashga tushdi. Bir yil davomidagi izlanishlar dayarli natija bermadi. Bu vazifani “Bayer”da nomi chiqib, “Roma”ga yo`l olgan va “Yuventus” safida o`zini oqlamayotgan braziliyalik Emerson oqlaydi degan fikrga keldilar. Turinliklarga "Real" bonuslar bilan qo`shib hisoblaganda, 16 million evro to`ladi. “Real” Fabio Kapello boshchiligida Ispaniya  chempionatini yutgan bo`lsada, chempionlar Ligasidan 1/8 finalda chiqib ketganligi sabab,  murabbiy ist`foga chiqarildi. Emerson bo`lsa, Primeroda 28 marta maydonga tushgani bilan tarkibga qo`shilib keta olmay, tanqidlar bo`hronida kezardi. Shundan so`ng uni “Milan”ga 5 millionga sotib yubordilar. 

Valter Samuel (2004 yili “Roma”dan 23 millionga) 

Argentinalik markaziy himoyachi “Real”ga 2004 yilning yozida kelib qo`shildi.  Samuel “Roma”da kuchli mavsum o`tkazgani uchun bu xaridni asosli deyish mumkin edi. Afsuski, o`sha yilgi mavsumda “Qirollik klubi”dagi murabbiylarning ketma-ket almashinuvi Italiyada “devor” laqabini olgan himoyachiga salbiy ta`sir o`tkazib, u o`ziga o`xshamay qoldi.  

2005 yilning yozida Samuel, Solari va Luish Figu “Inter” tomonga qarab yo`l oldilar. Valter uchun “Real”  18 million evro ola bildi, xolos.  

Kaka ( 2009 yili “Milan”dan 65 million evroga) 

Riki Kaka o`zining qadrdon klubi “Milan”  uni sotish masalasida “Real” bilan kelishganini eshitgach, rosa yig`lagan ekan. Ko`rib turganingizdek, futbolchining o`zi ham bu jarayonni oxiri yaxshilik bilan tugamasligini sezgan. “Real” o`sha yili  “Oltin to`p” sohibi bilan birgalikda Krishtianu Ronalduni ham sotib olgan bo`lib, portugaliyalik futbolchi Kaka bilan bir pozisiyada o`ynamasada uni o`z soyasida qoldirib ketdi. U ba`zida juda yaxshi o`yin ko`rsatar, lekin bu harakatlar “Milan”dagiga nisbatan juda nursiz edi. 

Balki, Kakaga  o`zini bor qudratini namoyish etish uchun uzoq davom etgan jarohatlar xalaqit bergandir... 2010 yilda Kaka sakkiz oy o`ynamasligi aniq bo`lgach ko`pchilik unga chiziq tortib bo`lgan edi. Riki maydonga qaytdi, lekin jarohat asoratlari uni ta`qib qilardi. U Madridda o`tkazgan to`rt yil davomida jahoning eng zo`r o`yinchisidan - o`tgan zamon fe`lida eslanadigan futbolchiga aylandi.   
2013 yili Kaka o`zining qadrdon “Milan”iga bepul qaytib, katta futbolnn yana zabt etmoqchi bo`ldi, Lekin, beshavqat vaqt o`z so`zini aytib bo`lgandi....  

Manba: sports.uz

    Boshqa yangiliklar