Xabaringiz bor, WBA, WBO va IBF versiyalari bo`yicha jahon chempioni Vladimir Klichko navbatdagi jangda mag`lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan amerikalik Brayant Jennigsga qarshi ringga ko`tariladi. Mazkur jang oldidan aka-uka Klichkolar rasmiy fan-klub tashkil etishmoqchi, deya ma`lumot bermoqda sports.uz nashri.
Eslatib o`tamiz, ukrainalik bokschi o`zining AQShdagi so`nggi jangini 2008 yil 23 fevralda o`tkazgan. Klichko o`shanda rossiyalik charm qo`lqop ustasi Sultan Ibragimov ustidan ishonchli g`alaba qozongan edi. 7 yillik tanaffusdan so`ng bokschi yana Amerika ringiga qaytmoqda.
Klichko - Jennings jangi AQShning Nyu-York shahrida 25 aprel kuni bo`lib o`tadi.





