Ikki noma`lum ayol Jizzax viloyati Forish tumanida yashovchi ayolning xonadoniga kelib, aldov yo`li bilan uning ishonchiga kirib, ochiqdan-ochiq ma`lum miqdordagi puli va zargarlik buyumlarini olib ketishgan. Jabrlanuvchi aldanganini bilgach, ichki ishlar organiga murojaat qilgan, deya xabar qiladi O`zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.
Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organi xodimlari jinoyat joyini ko`zdan kechirib, jabrlanuvchi va uning qo`shnilari bilan surishtiruv ishlari olib borilgach firibgarlarning tashqi ko`rinishlari haqida ma`lumotlar to`planib, bir qator tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirdilar. Natijada gumonlanuvchilar issiq izida qo`lga olindi va sodir etgan jinoyati to`liq fosh etildi. Ulardan biri Jizzax tumanida yashovchi 1969 yilda tug`ilgan ayol bo`lib, uning jinoiy sherigi Samarqand viloyati Ishtixon tumanida yashovchi 1981 yilda tug`ilgan ayol ekan. Ushbu firibgarlik holati bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.





