Kecha, 9-mart kuni Argentinada ikki vertolyot o`zaro to`qnashib ketishi oqibatida 10 kishi xalok bo`ldi. Ma`lumotlarga qaraganda, har ikki vertolyotda jami 10 kishi bo`lgan va ularning hech biri tirik qolmagan.
Ulardan 8 nafari Fransiya fuqarosi, ikki uchuvchi esa Argentina fuqarolari edi. Vafot etganlar orasida yaxta sport turi vakilasi Florans Arto, suzuvchi Kamiy Myuffat hamda bokschi Aleksis Vastinning ham bo`lganligi ma`lum qilindi.
E`tiborlisi, Myuffat London-2012 Olimpiadasida bir yo`la 3 ta medalni qo`lga kiritgan edi. Vastin esa 2008 yilgi Pekin Olimpiya o`yinlarining boks bahslarida bronza medaliga sazovor bo`lgandi.
Manba: olamsport.com





