AsosiySport

Regbi. O`zbekiston ayollar terma jamoasi xalqaro turnir g`olibi!

Joriy yilning 7-8 mart kunlari Hindistonning Chennay shahrida regbi bo`yicha o`tkazilgan “Asian Olympic Pre-Qualifier” xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O`zbekiston ayollar terma jamoasi bosh sovrinni qo`lga kiritdi.  Bu haqda olympic.uz nashri xabar qiladi.

Birinchi kun bo`lib o`tgan bahslarda terma jamoamiz a`zolari Hindiston (12:5), Janubiy Koreya (22:7), Filippin (17:5) va Eron (32:0) terma jamoalarini mag`lub etdi. Ikkinchi kungi bahslarda hamyurtlarimiz garchi Guam terma jamoasiga 10:12 hisobida imkoniyatni boy berganliklariga qaramay, hal qiluvchi final bahsida ishtirok etish huquqini qo`lga kiritdilar.    Final uchrashuvida mezbon Hindiston terma jamoasini yirik 38:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgan O`zbekiston terma jamoasi birinchi o`rinni egallab, bosh sovrinni qo`lga kiritdi.    Endi vakillarimiz 2016 yilda Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o`tkaziladigan Olimpiya o`yinlarining yo`llanmasi uchun bo`ladigan saralash o`yinlarida ishtirok etadi. Saralash bahslari shu yilning noyabr oyida Gonkong va Tokio shaharlarida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar