“Toshshahartransxizmat” AK Toshkent metropolitenining 6 ta vagoni ta`mirlashga qo`yilgani, kapital ta`mirlangandan so`ng vagonlar nafaqat yangi ko`rinishga ega bo`lishi, balki ularning ichki dizayni ham o`zgarishi haqida ma`lum qilgan edi. Bugun “Potrebitel.uz” guruhiga ana shu yangilangan vagonlardan birining ichki tomoni aks etgan surat joylandi. Suratdan ko`rish mumkinki, vagon eshiklari sarg`ish rangda, o`rindiqlar ham hozirgidan farq qiladi, deb yozadi uz24.uz nashri.
Bundan avval, metro vagonlarining yangilangan tashqi ko`rinishi tushirilgan suratlar tarqalgan edi. Vagonning tashqi ko`rinishi Toshkent-Samarqand yo`nalishida qatnovchi “Afrosiyob” poezdi shakliga o`xshab ketadi.
“Toshshshahartransxizmat” bergan ma`lumotga ko`ra, yangilangan vagonlar zarur sinovlardan o`tkazilgach, shu yilning birinchi yarim yilida metropolitenning Chilonzor yo`lida ishga tushiriladi.





