AsosiySport

“50 Cent” Meyvezerning g`alabasiga 1,6 million AQSh dollari tikishga tayyor

Amerikalik repper, aktyor va boks promouteri “50 Sent” Floyd Meyvezerning Menni Pakyao bilan jangdagi g`alabasiga 1,6 mln. dollar qo`yishga tayyor ekanligini bildirgan. Bu haqda olamsport.com xabar beradi.

Meyvezer WBA va WBC yo`nalishlarida 5ta kamar sohibi sanaladi. U hozirgacha 47 jangning barchasida g`alaba qozongan. Pakyao esa WBO yo`nalishi chempioni bo`lib, uning hisobida 57 g`alaba, 5 mag`lubiyat va 2 durang bor. Ular o`rtasidagi jang shu yilning 2 may kuni Las-Vegasda bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar