AsosiyShou-biznes

Xitoy kinoprokati ilk bor AQShni ortda qoldirdi

2015 yilning fevral oyida Xitoy kinoprokatlari ilk bor AQSh kinoprokatlarini daromad borasida ortda qoldirdi. Bu haqda kun.uz nashri The Hollywood Reporter ma`lumotlari asosida xabar bermoqda.

Xitoydagi Yangi yil bayrami tomoshabinlarni kinoteatrlarga tashrifi sonini keskin oshirdi. Buning oqibatida Xitoydagi kassa yig`imi 650 mln dollarni tashkil etdi. AQShda esa bu ko`rsatkich 640 mln dollarni tashkil qilgan.

Xitoy prokatida eng katta qiziqish kassa yig`imi 104 mln dollarni tashkil etgan “Makaulik odam 2” filmiga bo`lgan. Undan keyingi o`rinlarni Jeki Chan, Jon Kyusak Edrien Broudi ishtirokidagi “Dragon Blade” (95 mln dollar) va “The Wolf Totem” (72 mln dollar) kartinalari egallagan. Filmlarning ko`pchiligi Xitoyga yoki Xitoy bilan hamkorlikda ishlangan. Xorij filmlari orasida eng ko`p ko`rilgani “Xobbit: Besh lashkar jangi” filmi bo`lgan.


 

    Boshqa yangiliklar