AsosiySport

Bugun bokschilarimiz “Stranja” turniridan qaytishdi

Bugun, 2 mart kuni bokschilarimiz “Stranja” turniridan qaytishdi. Xabar berganimizdek, Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida bo`lib o`tgan boks bo`yicha an`anaviy “Stranja” xalqaro turnirida O`zbekiston terma jamoasi charm qo`lqop ustalari 6 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo`lga kiritishgan edi.

Bugun erta tongda terma jamoamiz delegasiyasi o`z tarixida 66-bor tashkil etilgan mazkur xalqaro turnirdan yurtimizga qaytib keldi. Finalda ishtirok etgan Fazliddin G`oibnazarov ozarbayjonlik raqibi Lorenso Sotomayorga imkoniyatni boy berib qo`ydi. Elshod Rasulov esa jarohat sabab ringga chiqmadi va tabiiyki, g`alaba bolgariyalik bokschiga taqdim etildi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.

FINAL JANGLARI NATIJALARI

49 kg. ABDULLA QO`ChQOROV (O`zbekiston) – David Alaverdian (Isroil)  2:1

52 kg. ShAHOBIDDIN ZOIROV (O`zbekiston) – Jek Beytson (Angliya)  3:0

56 kg. MURODJON AHMADALIEV (O`zbekiston) – Janbolat Tilegenulu (Qozog`iston)  3:0

60 kg. Samvel Barsegyan (Armaniston) – Elvin Isaev (Ozarbayjon) 1:2

64 kg. FAZLIDDIN G`OIBNAZAROV (O`zbekiston) – Lorenso Sotomayor (Ozarbayjon)  0:3

69 kg. Semyon Chamov (Belarus) – Yarovlav Samofaylov (Bolgariya)  1:2

75 kg. BEKTEMIR MELIQO`ZIEV (O`zbekiston) – Mishel Orielli (Irlandiya)  3:0

81 kg. ELShOD RASULOV (O`zbekiston) – Radoslav Pantaleev (Bolgariya)  -:+

91 kg. RUSTAM TO`LAGANOV (O`zbekiston) – Gevorg Manukyan (Ukraina)  3:0

+ 91kg. BAHODIR JALOLOV (O`zbekiston) – Kamshibek Kunkabaev (Qozog`iston)  birinchi raundda texnik nokaut

Finalda eng ko`p ishtirokchiga ega bo`lgan O`zbekiston terma jamoasi yakunda ham umumjamoa hisobida birinchi o`rinni egalladi. Kuchli uchlikdan Ozarbayjon va Bolgariya terma jamoalari joy olishdi.

    Boshqa yangiliklar